Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
12.02.2024
|
121
Prezident Sadir Japarov Dubayga keldi
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 12-fevral kuni amaliy tashrif bilan Dubayga (Birlashgan Arab Amirliklari) keldi.
Davlat rahbarining samolyoti Al-Maktum xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Prezident Sadir Japarovni BAA Ta’lim vaziri Ahmad Belhul Al-Falasiy kutib oldi.
Eslatib oʻtamiz, davlat rahbari Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan Jahon hukumati sammitida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Prezident Sadir Japarov BAA rahbariyati va Amirlik kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.