Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
13.02.2024
|
112
Turkmaniston prezidenti Eron rahbarini milliy bayram bilan tabrikladi
Turkmaniston Prezidenti S.Berdimuhamedov Eron Prezidenti S.Ibrohim Raisi nomiga ushbu mamlakatda Inqilob kuni nishonlanishi munosabati bilan tabrik telegrammasini yo‘lladi.
Murojaatnomasida Turkmaniston rahbari xalqi, hukumati va shaxsan o‘zi nomidan qardosh Eron xalqiga farovonlik va gullab-yashnashni tilagan. Ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar muhimligini taʼkidlab, yaxshi qoʻshnichilik anʼanalariga asoslangan koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
Bundan tashqari, Turkmaniston prezidenti eronlik hamkasbiga mustahkam sog‘lik, baxt va shaxsiy farovonlik tiladi. U mamlakatlar o‘rtasidagi iliq aloqalar bundan keyin ham muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.