Suhbat chog‘ida tomonlar Tojikiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, davlat rahbari siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan tomonlar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Tomonlar xavfsizlik sohasi, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat va tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash masalalariga ham to‘xtaldi.
Tojikiston prezidenti “yashil iqtisodiyot” va “yashil energiya” sohasidagi siyosatni amalga oshirishda faolroq hamkorlik qilish tarafdori.
Tomonlar “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatida yanada samarali hamkorlik qilish va keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha ikki mintaqa o‘rtasida ijodiy muloqotni mustahkamlashga umid bildirib, bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashdilar.