Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
16.02.2024
|
101
A.Japarov M.Mishustin bilan energetika, sanoat va transport sohalaridagi loyihalarni muhokama qildi
Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarovning Moskva shahriga (Rossiya Federatsiyasi) amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

A.Japarov Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Hukumat rahbarlari Qirgʻiziston-Rossiya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Energetika, sanoat, transport, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa ko‘p tomonlama formatlarda o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini qayd etdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom