Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
16.02.2024
|
124
Tojikiston va Turkiya sarmoya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor
14 fevral kuni Tojikiston va Turkiya oʻrtasidagi iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik holati muhokama qilindi.

Bu haqda Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi Sulton Rahimzodaning Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Umut Adjar bilan uchrashuvi chogʻida sarmoyaviy shartnomalar ijrosi holati koʻrib chiqildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom