Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
16.02.2024
|
312
Turkmaniston va Pokiston ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Turkmanistonning Rossiyadagi elchisi E.Aydogdiyev Pokistonning Rossiya Federatsiyasidagi doimiy vakili Muhammad H.Jamoliy bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Diplomatlar, shuningdek, Turkmaniston va Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslanganini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Islomobodda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning “Yoshlar - Vatan tayanchi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom