Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.02.2024
|
108
Davlat rahbari Serbiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Serbiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida siyosiy, savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek? Qosim-Jomart Tokayev va Aleksandr Vuchich, xalqaro kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, barqaror rivojlanishni ta’minlash, global tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Serbiya prezidenti Qozog‘iston rahbarini Belgradga tashrif buyurishga taklif qildi.