Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
04.03.2024
|
154
E.Rahmon Pokiston Bosh vaziri Sh.Sharif nomiga tabrik telegrammasi yo‘lladi
Tojikiston Prezidenti E.Rahmon Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Sh.Sharifga tabrik telegrammasini yo‘lladi.

Tojikiston rahbari Sh.Sharifni Pokiston Bosh vaziri lavozimiga saylangani bilan chin qalbdan tabrikladi.

Pokiston Bosh vaziriga mustahkam sog‘lik va Pokistonni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalarni amalga oshirish, do‘st mamlakat xalqi turmush darajasini oshirish, shuningdek, uning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashda yangi ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

E.Rahmon Tojikiston va Pokistonni uzoq yillik doʻstlik rishtalari, oʻzaro tushunish, hurmat va ishonch anʼanalari bogʻlab turishini taʼkidladi.

«Ana shunday ezgu an’analar asosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik bugun izchil rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib borayotgani quvonarlidir».

Tojikiston rahbari Sh.Sharifni Dushanbega tashrif buyurishga taklif qildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom