Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
04.03.2024
|
113
K.-J. Tokayev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Shu yilning 2 mart kuni K.-J.Tokayev va Rossiya prezidenti V.Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Telefon orqali muloqot chogʻida davlat rahbarlari ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlik strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida jadal rivojlanib borayotganini taʼkidladilar.
Suhbatda Rossiya Prezidentining 2023 yil noyabr oyida Ostona shahriga rasmiy tashrifi va Qozog‘iston rahbarining Qozonga yaqinda amalga oshirgan amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini muhokama qildilar. Energetika, tranzit va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni samarali ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.