Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
04.03.2024
|
122
Qirgʻiziston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari integratsiya birlashmalaridagi oʻzaro hamkorlikni muhokama qildilar
Turkiyada boʻlib oʻtayotgan Antaliya Diplomatik forumi doirasida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri J.Kulubayev Rossiya TIV rahbari S.Lavrov bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, Rossiya va Qirgʻizistonning Yevroosiyo makonidagi qoʻshma integratsiya birlashmalaridagi oʻzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tomonlar Rossiya va Qirg‘iziston ittifoqchilik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini tasdiqladilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom