Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
05.03.2024
|
161
S.Muxriddin IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Jidda shahrida Tojikiston tashqi ishlar vaziri S.Muxriddin va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston va IHT o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shu doirada joriy yilda Tojikistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbir va anjumanlar haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Falastindagi inqirozli vaziyat va Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom