Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
18.03.2024
|
207
O‘zbekistonda xarid qilingan avtobuslarning birinchi partiyasi O‘shga yetib keldi
O‘zbekistonda xarid qilingan avtobuslarning birinchi partiyasi O‘shga yetib keldi. Ma'lumotni shahar hokimiyati tasdiqladi.

Ta’kidlanishicha, qolgan avtobuslar janubiy poytaxtga 21 martgacha yetib kelishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ofisida O‘sh shahar hokimligi bilan yuzta shahar yo‘lovchi avtobusini moliyaviy ijaraga berish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Avtobuslar Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqariladi.

Taʼkidlanganidek, past polli yoʻlovchi avtobuslarining xarid qilinishi jamoat transporti parkini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yoʻlovchi tashish samaradorligini oshirish, janubiy poytaxt aholisi va mehmonlari uchun transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi.

2022 yilda O‘sh munitsipaliteti O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 50 ta avtobus sotib olgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom