Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
04.04.2024
|
241
Bishkek Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'li qurilishiga 8 milliard dollar ajratadi
Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati rahbari A.Japarov ma’lum qildi.
“Barcha protseduralar yakunlandi va bu yil biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanishini kutmoqdamiz, bu bizga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizini o‘z ichiga olgan O‘rta yo‘l deb ataladigan yo‘l orqali Evropaga chiqish imkoniyatini beradi. Qirg‘iziston oxir-oqibat dengizga chiqa olmaydigan boshi berk davlat maqomini yo‘qotadi”, — dedi A.Japarov.