Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
15.01.2025
|
500
Qozog'iston va BAA o'zaro savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, 2025-yilda munosabatlar yangi cho‘qqilarga chiqishiga ishonch bildirdi.
Abu-Dabidagi uchrashuvida Qozog‘iston va BAA prezidentlari o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalarini e’lon qilishdi, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev BAAni asosiy hamkor sifatida alohida ta’kidladi va ayniqsa, energetika, logistika va moliya sohalariga sarmoya kiritilishini qayd etdi. 2024-yilda BAAning Qozog‘istonga kiritgan sarmoyalari ikki baravardan ko‘proq oshdi.
Batafsil: https://businessemirates.ae/news/uae-property-news/kazakhstan-i-oae-namereny-uvelichit-tovarooborot-do-us-1-mlrd/