Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
11.03.2025
|
727
Tojikiston Prezidenti Qirg'izistonga tashrif buyuradi
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 2025-yilning 12-13-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati.
Tashrif chog‘ida Rahmon ikki tomonlama kelishuvlar qatori bilan birga chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Tojikiston prezidenti Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu va Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliev bilan ham uchrashuvlar oʻtkazadi.