Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
23.04.2025
|
683
Turkmaniston Milliy liderining Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi
2025-yil 22-aprel kuni Turkmeniston Halk Maslahati Raisi Gurbanguly Berdimuhamedovning Qozog‘iston Respublikasiga do‘stona tashrifi yakunlandi.
Turkistonda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
 
✅ Kaspiy portlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish
✅ Savdo aylanmasi hajmini oshirish
✅ BMT doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash
✅ 12-dekabr kuni Ashxobodda o‘tadigan xalqaro forumga tayyorgarlik
 
Davlat rahbarlari Turkistondagi “SPK TURKISTAN” sanoat parkini ziyorat qilib, iqtisodiy mahsulotlar bilan tanishdilar.
Tashrif yakunida Gurbanguly Berdimuhamedov Qirg‘iz Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom