Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
17.05.2025
|
98
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni 72 yoshga to‘lgan kuni bilan tabrikladi
Bugun, 17-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi va uni 72 yoshga to‘lgan kuni bilan samimiy tabrikladi.

✅ Prezident Mirziyoyev davlat rahbariga mustahkam sog‘lik, farovonlik va faoliyatida yangi zafarlar tiladi.
✅ Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
✅ Shuningdek, amaldagi kelishuvlar ijrosi va yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.

???? Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8130

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom