Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
30.07.2025
|
319
Xalqlar do‘stligi kuni muborak!
30-iyul kuni O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlanadi. Ushbu bayram mamlakatda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘rtasidagi birlik va o‘zaro hurmat ramzidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda 157 ta milliy madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati va chet eldagi 100 dan ortiq vatandoshlar birlashmalari faoliyat yuritadi. Ular do‘stlik muhitini mustahkamlashga va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Biz nafaqat O‘zbekiston fuqarolarini, balki butun dunyo xalqlarini ushbu tinchlik, birlik va do‘stlik bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz!

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom