Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
20.08.2025
|
132
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqotda ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu kuni Pokiston delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi hamda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida qurolli kuchlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, harbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.