Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.08.2025
|
98
Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy yo‘l xaritasi: Toshkentdagi taqdimot
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi diplomatik korpus vakillariga «Markaziy Osiyo — 2050» yo‘l xaritasi loyihasini taqdim etdi. Taqdimotda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston elchilari hamda Qirg‘iziston elchixonasi vakili ishtirok etdi.
Mazkur hujjat mintaqaning uzoq muddatli rivojlanish istiqboliga oid umumiy qarashlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi va energiya, transport, iqlim barqarorligi hamda ijtimoiy taraqqiyot sohalarini qamrab oladi.
???? chegara hududlarida logistika xablarini yaratish
???? 2040 yilgacha yagona energetika bozori va tarif siyosatini shakllantirish
???? yer osti gaz omborlari tarmog‘ini rivojlantirish
???? iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar
???? umumiy madaniy merosni targ‘ib qilish
Yo‘l xaritasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun pozitsiyalarni uyg‘unlashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.