Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.08.2025
|
111
O‘zbekiston Prezidenti «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» sammitida ishtirok etadi
2025-yil 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining Milliy yetakchisi, Halk Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan Turkmanistonga ishchi tashrif bilan boradi.

«Avaza» Milliy turizm zonasida «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi. Kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Bir qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom