Muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot hamda transport, logistika, aviatsiya va shaharlararo hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
???? Transport yo‘laklarini rivojlantirish va Turkmanboshi hamda Boku portlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
???? 2025-yilda “Shavat – Dashoguz” savdo zonasini ochish kelishib olindi.
???? O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan $700 mln.dan oshdi.
???? Energetika, sanoat kooperatsiyasi va elektr energiyasi eksporti bo‘yicha qo‘shma loyihalar rejalashtirilmoqda.
???? Turizm, madaniy almashinuvlar va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Davlat rahbarlari uchrashuv mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish va barqaror savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladilar.