Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
28.08.2025
|
184
Xitoy Milliy muzeyida “Yorqin sivilizatsiyalar yulduz turkumi: SHHT mamlakatlari milliy muzeylarining madaniy merosi” nomli ko‘rgazma ochildi
Ko‘rgazma 16-noyabrgacha davom etadi va 31-avgust – 1-sentabr kunlari Tyanszinda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga bag‘ishlangan. Unda 10 davlat muzeylaridan 220 noyob eksponat namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston 27 ta noyob artefakt bilan ishtirok etmoqda. Ular orasida qadimiy arxeologik topilmalar, devoriy rasmlar, o‘rta asr ustalarining asarlari va XIX–XX asrlarga oid amaliy bezak san’ati namunalarini ko‘rish mumkin.

Ko‘rgazma SHHT xalqlarining tarixiy aloqalari va Buyuk Ipak yo‘li merosini yorqin namoyon etuvchi muhim madaniy maydonga aylandi.
