Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
23.10.2025
|
101
Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari ilk bor uchrashdi
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari mudofaa vazirlarining tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv mintaqada o‘zaro ishonch, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tomonlar davlatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, tajriba almashish hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Prezidenti ilgari surayotgan tinchlik, birdamlik va yaxshi qo‘shnichilik siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni birgalikda ta’minlash yo‘lidagi intilishini aks ettiradi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom