Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
12.11.2025
|
57
Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini boshladi.
2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini boshladi.

Majlisda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari rahbarlari hamda rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Muloqot majlisi doirasida 5 ta sessiya o‘tkaziladi.

Muloqot majlisi yakunida parlamentlararo tashabbuslar doirasidagi kelgusidagi harakatlar va hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan yakuniy hujjat qabul qilinadi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, yillik monitoring va tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Batafsil: https://senat.uz/oz/events/post-4363 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom