Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
13.11.2025
|
73
Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro savdoni 20 mlrd dollarga yetkazmoqchi.
Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari savdo va investitsiya vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unga Ozarbayjon ham qo‘shildi. Ishtirokchilar o‘zaro savdoni qariyb ikki baravar — 20 mlrd dollargacha oshirishga kelishib oldi.
Yig‘ilish yakunida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, kooperatsiya va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikning yangi vositalarini yaratish bo‘yicha kelishuvlar qayd etilgan qo‘shma kommyunike imzolandi.