Tadbirda Shimoliy kengash mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya, yashil energiya va boshqa masalalar muhokama qilinadi.
Forumda Markaziy Osiyo va Shimoliy mamlakatlardan davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, tahlil markazlari, ekspertlar hamjamiyati, ilmiy muassasalar rahbarlari va vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bo‘lajak Forum tajriba almashish, o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish va “Markaziy Osiyo – Shimoliy davlatlar kengashi” formati doirasida muloqotni mustahkamlash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan amaliy tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydonga aylanadi.