Tadbir Markaziy Osiyo Xalqaro instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasining E.M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti (IMEMO RAN) hamkorligida tashkil etilgan.
Muhokamada Hindiston, Xitoy, Serbiya, AQSh, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi tadqiqot institutlari vakillari, diplomatik korpus va akademik hamjamiyat a’zolari, shuningdek professorlar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etadilar.
Forum davomida ishtirokchilar Markaziy Osiyo mamlakatlarining global o‘zgarishlarga samarali javob berishining asosiy jihatlarini ko‘rib chiqadilar, shuningdek mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va mintaqaning uzoq muddatli rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish yo‘llarini muhokama qiladilar.