Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
11.12.2025
|
55
Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlarining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi.
«Jaloliddin Manguberdi» nomini olgan poyezd 2026 yilda Toshkent-Xiva yo‘nalishida harakatlanishi kutilmoqda.
Natijada yiliga 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Hozirda Toshkentdan Xivaga 14 soatda yetib boradigan poyezd mazkur yo‘nalishda harakatga qo‘yiladigan elektropoyezd imkoniyatlari tufayli 7 soat 40 daqiqada yetib boradi.