Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
14.12.2025
|
68
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Joriy yilning 15–17-dekabr kunlari Toshkent shahrida  Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi. “Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi uchinchi yig‘ilishning yalpi majlisi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi yaqin istiqbolga mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanadi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom