Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
19.01.2026
|
108
O‘zbekiston va Qozog‘iston Tinchlik Kengashiga ta’sischi davlatlar sifatida qo‘shiladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev AQSH Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat maqomida qo‘shilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tinchlik kengashi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladigan yangi xalqaro maydon sifatida ko‘zda tutilmoqda. Ushbu tashabbus G‘azodagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga asoslangan va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi orqali qo‘llab-quvvatlangan.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom