Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
19.01.2026
|
97
Xiva jahon e’tiborida: National Geographic Xiva shahrini 2026 yilning eng nufuzli sayyohlik maskanlaridan biri deb e’tirof etdi
National Geographic nashri “Best of the World 2026” reytingi doirasida Xiva haqida maqola e’lon qilib, shahrimizni yilning eng istiqbolli va jozibador sayyohlik markazlaridan biri sifatida tavsiya etdi.

Maqola muallifi, britaniyalik tadqiqotchi, yozuvchi hamda turizm va madaniy meros sohasidagi ekspert Sofi Ibbotson Xivani Buyuk Ipak yo‘lidagi noyob shahar sifatida tasvirladi. Tadqiqotchi shaharning 2500 yildan ortiq tarixga ega ekanini hamda yaxshi saqlanib qolgan me’moriy merosini, jumladan Markaziy Osiyoda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ilk yodgorlik bo‘lgan Ichan-Qal’ani alohida ta’kidlab o’tdi.

Ekspert, shuningdek, 2026 yilda Xivaning xorijiy sayyohlar uchun yanada qulay va jozibador yo‘nalishga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi. Bu jarayon yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovining ishga tushirilishi, Urganch xalqaro aeroportining yangilanishi va turistik infratuzilmaning rivoji bilan bog‘liqdir deya ta’kidlai muallif. Natijada Xiva shahri jahon darajasidagi to‘laqonli sayyohlik yo‘nalishiga aylanganligi qayd etildi.
Batafsil: https://www.nationalgeographic.com/travel/best-of-the-world-2026/article/khiva-uzbekistan 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom