Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
24.01.2026
|
144
Markaziy Osiyo Jahon banki ko‘magida mintaqaviy elektr energiyasi bozorini ishga tushiradi
Markaziy Osiyo mamlakatlari Jahon banki ko‘magida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 10 yillik Mintaqaviy elektr energiyasi bozori o‘zaro bog‘liqligi va savdosi (REMIT) dasturi doirasida mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratadi.

Tashabbus milliy energetika tizimlarini birlashtirish va mintaqa bo‘ylab transchegaraviy elektr energiyasi savdosini kengaytirishga qaratilgan.

Loyiha Qirg‘iziston va Tojikistondagi gidroenergetika obyektlari, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistondagi issiqlik elektr stansiyalari, shuningdek, quyosh va shamol energiyasi loyihalarini qamrab oladi.

REMIT dasturi energetika infratuzilmasini mustahkamlash, qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiya qilish va elektr energiyasi savdosi hajmini oshirishga qaratilgan.

Dastur energiya ta’minoti ishonchliligini yaxshilashi va 2050-yilga borib mintaqa uchun 15 milliard dollargacha iqtisodiy foyda keltirishi kutilmoqda.
Batafsil: https://bit.ly/4bbHHmO

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom