Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
25.02.2026
|
63
O‘zbekiston va Afg‘oniston tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda so‘nggi besh yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobarga - 2021-yildagi 653 million dollardan 2025-yilda 1,68 milliard dollargacha oshgani ta’kidlandi. Kelgusida bu ko‘rsatkichni 5 mlrd AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Ramazon oyi yakunlangach, Kobul shahrida ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazish va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida tomonlar Preferensial savdo to‘g‘risidagi Bitimning kuchga kirishini tezlashtirish, investitsiya va sanoat loyihalarini ilgari surishga kelishib oldilar.