Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
27.02.2026
|
39
Markaziy Osiyo davlatlarining Buyuk Britaniya bilan birinchi vazirlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
26-fevral kuni Londonda “Markaziy Osiyo–Buyuk Britaniya” formatidagi birinchi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Buyuk Britaniyaning tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuv Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va birlashgan qirollik taraqqiyot masalalari boʻyicha Davlat kotibi Ivett Kuper xonim boshchiligida o‘tkazildi.

Mazkur muloqot mintaqaning iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashish, shuningdek, Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish uchun dolzarb va mazmunli platforma bo‘lib xizmat qildi.

Savdo diversifikatsiyasi, sanoat kooperatsiyasi, barqaror infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoning strategik xomashyo resurslari va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaning o‘sib borayotgan ahamiyati Britaniya tomonidan yuqori baholandi. I.Kuper o‘z nutqida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari, kuchayib borayotgan hamkorlik va xalqaro jarayonlarga ortib borayotgan ta’siri bilan jadal rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida Markaziy Osiyo davlatlarining alohida o’rnini ta’kidladi.

???? Batafsil: https://24.kg/vlast/363391_glavyi_mid_stran_tsentralnoy_azii_vstretyatsya_vvelikobritanii/ 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom