Asosiy tezislar:
OQXJ faoliyatini takomillashtirish, jumladan, uning tuzilmasi, shartnomaviy-huquqiy bazasi va moliyalashtirish mexanizmlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, Jamg‘arma organlarining vakolatlarini kengaytirish taklif etildi.
OQXJ faoliyatini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari qarorlari bilan uyg‘unlashtirish tashabbusi ilgari surildi.
Natijalarni baholash va xalqaro qo‘llab-quvvatlashni jalb qilish uchun Orol dengizi havzasi dasturi doirasida samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari bilan monitoring tizimini joriy etish taklif etildi.
BMTning Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi platformasidan foydalanishni kengaytirish va uning vakolatlarini butun Orol havzasiga tatbiq etilishi tashabbusi ilgari surildi.
OQXJning mintaqaviy tuzilmalar bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish, jumladan, Toshkent shahridagi Yashil universitet huzuridagi Cho‘llanishga qarshi kurashish markazi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.
Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan "Kelajak suvi" mintaqaviy dasturini ishga tushirish tashabbusi ilgari surildi.
Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, donorlar mablag‘larini jalb etish va suv resurslarini taqsimlashning huquqiy asoslarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
2026-2036-yillarni Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish boʻyicha amaliy harakatlar oʻn yilligi deb e’lon qilish tashabbusi ilgari surildi.
Muvofiqlashtirish va tajriba almashish mexanizmi sifatida mintaqa mamlakatlarida Suv haftaliklarini muntazam o‘tkazib borish taklif etildi.
Batafsil ma’lumot: https://president.uz/ru/lists/view/9132