Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
22.04.2026
|
46
Joriy yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammitda nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Prezidenti bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

 Asosiy tezislar:

✅ O‘zbekiston rahbari Ostona forumida "Markaziy Osiyo ekologik birdamligi" deklaratsiyasi, shuningdek, BMT tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan 2030-yilgacha Harakatlar dasturi qabul qilinishi muhimligini ta’kidladi.

✅ Global ekologik birdamlik zaiflashayotgani ta'kidlandi: deklaratsiyalar haqiqiy resurslar bilan mustahkamlanmayapti, iqlim o‘zgarishiga eng kam ta’sir ko‘rsatgan mamlakatlar esa uning oqibatlari bilan yana yakka-yu yolgʻiz qolmoqda.

✅ Sanoatni modernizatsiya qilish va chiqindilarni kamaytirish uchun "Markaziy Osiyoning toza havosi" davlatlararo konsorsiumini tashkil etish taklif qilindi.

✅ Choʻllanishga qarshi kurashish, qurgʻoqchilikning oldini olish hamda qum va chang boʻronlari haqida barvaqt ogohlantirish markaziga mintaqaviy maqom berish tashabbusi ilgari surildi.

✅ Texnologik modernizatsiyani jadallashtirish va ekomahsulotlar savdosini soddalashtirish uchun "Markaziy Osiyo yashil savdo yoʻlagi"ni shakllantirish taklif etildi.

✅ Xalqaro resurslarni jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

✅ Atrof-muhit o‘zgarishlarining yagona mintaqaviy atlasi va "Markaziy Osiyo Qizil kitobi"ni ishlab chiqish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlandi.

✅ Ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi, jumladan, 2027-yilda O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini o‘tkazish taklifi bildirildi.

 Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9129 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom