Toshkentdagi savdolarning birinchi kunidayoq UzNIF aksiyalari chakana investorlar uchun joylashtirish narxiga nisbatan 70 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi, Londondagi global depozit kvitansiyalari (GDR) esa bir necha kunlik dastlabki savdolar davomida taxminan 10 foizga oshdi.

Jalb qilingan mablag‘larning umumiy hajmi qariyb 603,6 million dollarni tashkil etdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi eng yirik IPO bo‘lib, xalqaro investorlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga ishonchi ortib borayotganining yana bir tasdig‘idir.

Marosimda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Prezidentning iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Obid Hakimov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.
YouTubeda IPO boshlanish marosimini tomosha qiling -youtube.com/live/xfutQMmx96E?si=19H1g4qiStKkg_ba