Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
18.06.2026
|
76
Oʻzbekiston va Germaniya Prezidentlari koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishga intilishlarini tasdiqladilar
Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni kutib olish marosimi boʻldi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishning asosiy masalalari koʻrib chiqildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilib, koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladilar.
 
Ikki mamlakat yetakchilari huzurida bir qator qoʻshma investitsiya va taʼlim loyihalariga start berildi.
 
Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9325 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom