Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
03.08.2026
|
89
Qirg‘izistonning Aero Nomad aviakompaniyasi 23-avgustdan boshlab “Bishkek – Toshkent” yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar haftasiga ikki marta (payshanba va yakshanba kunlari) Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Shu tariqa, ushbu yo‘nalishdagi aviatashuvchilar soni uchtaga yetadi: hozirda bu yo‘nalishda Centrum Air va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshirmoqda. Kelajakda Aero Nomad Bishkekdan Samarqand va Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda.
Batafsil: https://t.me/uzbairportsuz/9224