Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
05.08.2026
|
109
Аyni daqiqalarda Toshkent shahrida Qozogʼistonning «Аtameken» Milliy tadbirkorlar palatasi boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida Oʼzbekiston–Qozogʼiston biznes-forumi va B2B muzokaralari boʼlib oʼtmoqda.
Forumda Qozogʼistondan tashrif buyurgan 100 dan ortiq tadbirkor hamda Oʼzbekistonning yetakchi biznes vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir ochiq muloqot formatida tashkil etilgan boʼlib, unda investitsiya hamkorligi, sanoat kooperatsiyasi, eksport va qoʼshma loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.