Shartnomaviy baza ham kengaymoqda: O‘zbekiston tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi sohasida 23 ta davlat bilan 48 ta kelishuvga ega bo‘lib, ulardan 18 tasi 2025–2026-yillarda imzolangan. 36 ta mamlakatdagi 325 dan ortiq ish beruvchi va rekruting kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. AQSh, Italiya, Shvetsiya, Fransiya va Sloveniya tashkillashtirilgan migratsiyaning yangi yo‘nalishlariga aylandi.
Ishga joylashish sifati ham o‘zgarmoqda: 2026-yil boshidan buyon 124,5 ming nafar fuqaro xorijda yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Muhandislik, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, “yashil” energetika, transport va logistika sohalarida talab shakllanmoqda. 2030-yilga borib Yevropada ishchi kuchi taqchilligi 7,5–10,5 million kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda.