Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
17.09.2026
|
688
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" birinchi sammitida nutq so‘zlab, beshta yo‘nalish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezident Markaziy Osiyoda o‘sish sur’atlari 6 foizdan yuqori ekani va mintaqaning jami yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshganini ta’kidladi. 80 milliondan ortiq aholiga ega mintaqa Yevroosiyoning "global bog‘liqlik xabi"ga aylanmoqda.

Asosiy tashabbuslar:

"Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik" uzoq muddatli konseptual Qarashini va Jadal rivojlanish loyihalari portfelini shakllantirish;

O‘zbekistonda avtomobil butlovchi qismlari, elektrotexnika, mashinasozlik, farmatsevtika va kimyo sanoatiga ixtisoslashgan "Markaziy Osiyo – Koreya" sanoat-texnologiya parkini tashkil etish; 2030-yilga borib o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish;

geologik qidiruvdan tortib xomashyoni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan muhim minerallar bo‘yicha Mintaqaviy investitsiya alyansini shakllantirish;

“yashil” texnologiyalar transferini ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi formatini ishga tushirish;

"buyurtma – o‘qitish – bandlik" tamoyili asosida inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli Hamkorlikni shakllantirish.

Prezident, shuningdek, 2027-yilda O‘zbekiston Koreya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqada istiqomat qilishining 90 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazishini ma’lum qildi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9624 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA
IICA Virtual Assistant
Onlayn