Anonslar
16.11.2026
|
242
MOXIda «Beqarorlik davrida tinçlik izlaş: Abdulla II ğoyalari zamonaviy kontekstda» mavzusida davra suhbati bölib ötadi
Joriy yilning 17-noyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) «Beqarorlik davrida tinçlik izlaş: Abdulla II ğoyalari zamonaviy kontekstda» mavzusida davra suhbati bölib ötadi.

Muhokama markazida Iordaniya Podşohi Abdulla II ning «Bizning songgi eng yaxşi imkoniyatimiz: tahlikali davrda tinçlikka intiliş» nomli kitobining asosiy ğoyalari hamda Yaqin Şarqdagi diplomatiya va nizolarni tinç yöl bilan hal etiş tajribasi böladi.

Dasturda Iordaniya Podşohi Abdulla II kitobi va uning tinçlikparvar ğoyalarining bugungi geosiyosiy şaroitdagi dolzarbligini muhokama qiliş, şuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaş, siyosiy muloqot, özaro işonç, xalqaro hamkorlik va diniy bağrikenglikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşiş nazarda tutilgan.

Tadbirda Özbekiston va Iordaniyaning davlat tuzilmalari, diplomatik korpus, işbilarmon doiralar, yetakçi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, şuningdek, Rossiya va Turkiya ekspert-akademik hamjamiyati vakillari iştirok etadi.

Davra suhbati ilmiy-ekspertlik aloqalarini mustahkamlaşga va konstruktiv xalqaro hamkorlikning yangi yondaşuvlarini işlab çiqişga kömaklaşişga qaratilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn