Markaziy Osiyo xalqaro instituti bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qiladi
01.11.2024
|
1025
Lavozimlar: yetakchi ilmiy xodim; bosh ilmiy xodim.
Talablar:
 
- siyosiy fanlar, tarix, xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, suv va atrof-muhit huquqi sohalarida oliy ma’lumot;
 
- o‘zbek, rus va ingliz (IELTS sertifikati) tillarini bilish;
 
- analitik fikrlash, tadqiqot ishlarini olib borish, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
 
- respublika, mintaqaviy va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va boshqalarda qatnashish tajribasi;
 
- muzokaralar olib borish va muhokama qilish qobiliyati, xalqaro tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish ko‘nikmalari.
 
Majburiyatlari:
 
- ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
 
- axborot yig‘ish, qayta ishlash, tizimli tahlil qilish, vaziyatni prognozlash, amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqish;
 
- tadqiqot mavzularining dolzarb masalalari va yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
 
Ish haqi:
 
- ish staji va kasbiy ko‘nikmalariga (ilmiy darajasi, diplomatik martaba va boshqalar) qarab kelishuv asosida.
 
Ishlash sharoiti:
 
- kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
 
- tajribali mutaxassislar jamoasi;
 
- to‘liq stavka.
 
Qo‘shimcha talablar:
 
Bo‘sh ish o‘rni uchun ariza va hujjatlarning nusxalari hr@iica.uz elektron pochtaga yuborilishi kerak.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom