Voqealar
15.04.2025
|
137
Bostonda MOXI direktori Javlon Vahabov va doktor Nargis Kassenova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) direktori Javlon Vahabov Garvard universitetining Devis markazi huzuridagi Markaziy Osiyo dasturi direktori, katta ilmiy xodim doktor Nargis Kassenova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo bo‘yicha ilmiy hamkorlik istiqbollari, jumladan, qo‘shma tadqiqot loyihalari, akademik almashinuvlar va mintaqadagi jarayonlarni chuqurroq anglashga xizmat qiluvchi ekspert tashabbuslari muhokama qilindi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, barqaror rivojlanish va siyosat shakllanishida tahliliy markazlarning ortib borayotgan o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va Markaziy Osiyoga oid ilmiy-analitik hamkorlik doirasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom