Voqealar
08.08.2023
|
60
Janubiy Kavkaz tadqiqot markazi direktori bilan uchrashuv haqida
Joriy yilning 8 avgust kuni Boku shahrida etakchi tahliliy markazlardan iborat O'zbekiston delegasiyasi Janubiy Kavkaz tadqiqot markazi direktori Farhod Mamedov bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi hamkorlik masalalari, mamlakatlarning xalqaro maydondagi o'zaro hamkorligi, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
F. Mamedov O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosatini, mintaqadagi jarayonlarning rivojlanish dinamikasini, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ijobiy baholadi.
O'zbekiston va Ozarbayjon tahlil markazlari ekspertlari o'rtasida ilmiy-amaliy tadbirlar orqali hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom