Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil yanvar oyida Turkiyaga rasmiy tashrifi hamda oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining
4-yig‘ilishi yakunlari muhokama qilindi. Tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar savdo, investitsiya, transport, energetika, ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlagani ta’kidlandi.
J Vaxabov O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda tizimli va strategik tus olganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi, Strategik rejalashtirish bo‘yicha qo‘shma guruh, Hukumatlararo komissiya, parlamentlararo aloqalar va yangi 4+4 mexanizmi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yetuk arxitekturasini shakllantiradi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Turkiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning kengroq kun tartibi masalalari alohida ko‘rib chiqildi. J. Vaxabov Turkiya turkiy hamkorlikni madaniy g‘oyadan siyosiy, iqtisodiy, transport, ta’lim va ekspert hamkorligining amaliy platformasiga aylantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
O‘z navbatida, A. Berris Ekinchi Turkiya kelgusida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan boyitishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi, shu jumladan turkiy dunyoda xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha yaqindan muvofiqlashuvni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
