Voqealar
11.11.2024
|
66
Kaspiy siyosati markazi (CPC) bosh ijrochi direktori Efgan Nifti va Kaspiy bo‘yicha katta ilmiy xodim va Milliy xavfsizlik kengashining Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq direktori Erik Rudenshiold bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Direktor Javlon Vaxabov O‘zbekistonning AQShdagi ko‘p yillik do‘stlari, Kaspiy siyosati markazi (CPC) bosh ijrochi direktori Efgan Nifti va Kaspiy bo‘yicha katta ilmiy xodim va Milliy xavfsizlik kengashining Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq direktori Erik Rudenshiold bilan qayta ko’rishganidan xursandligini ta'kidladi. Uchrashuv davomida Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda kechayotgan keskin o‘zgarishlar haqida atroflicha to'xtalishdi. Darhaqiqat, bu ikki mintaqa tobora ko'proq bog'lanib, Yevropa va Osiyo o'rtasida yangi ko'prikning paydo bo'lishiga yo'l ochmoqda.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom