Eslatib o‘tamiz, “Markaziy Osiyo + Koreya” hamkorlik forumi kotibiyati 2017 yilda Koreya jamg‘armasi qoshida tashkil etilgan xalqaro tuzilma hisoblanadi. Uning maqsadi Forum doirasidagi loyihalarni tizimli amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya davlati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Uchrashuvda tomonlar MOXI va Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar, shuningdek, “CA+” formati doirasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab oldilar.
Chon Kuk Ri O‘zbekistonning mintaqaning Koreya bilan hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining rejalari bilan tanishtirdi.
Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi muloqot va sheriklik uchun qo‘shimcha maydonga aylanadigan bo‘lajak Koreya-Markaziy Osiyo tahlil markazlari forumining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Chon Kuk Ri MOXI va Kotibiyatning mintaqa hamda Koreya manfaatlariga mos keladigan umumiy maqsad va vazifalari mavjudligini ta’kidladi va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga umid bildirdi.